O'qishingiz kerak
Bosh sahifa / Hayotiy / Mukammal shifo nimada?

Mukammal shifo nimada?

Hozirgi kunda kasalliklar turi judayam ko’p, avval ma’lum bo’lmagan, ajdodlarimiz nominiyam bilmagan yangi illatlar paydo bo’lgan. Ularga qarshi tavsiya etiladigan dorilarning ham ming xili chiqib ketgan. Agar tobingiz qochsa, biron dard bezovta qilsa, shifokor huzuriga borasiz. U sizni tekshirib, kerakli dorilarni qog’ozga yozib beradi. Keyin aytilgan dorilarni dorixonadan olib ichasiz…

Lekin, bir narsaga e’tibor beryapsizmi: qancha dori-darmon ichmaylik, kasalliklar to’liq arimayapti. Nega? Chunki insonning gavhari bo’lmish qalbni muolaja qilmaguncha tanani butkul davolab bo’lmaydi. A’zolarimiz salomatligi qalbga bog’liq, aynan qalbga. Hadisi sharifda aytilishicha, inson tanasida bir parcha et bor. Agar o’sha et sog’lom bo’lsa, tananing hamma a’zosi sog’lom bo’ladi. Agar buzilsa, qolgan a’zolar ham kasallanadi. Ana o’sha a’zo qalbdir.

Abu Ali ibn Sino shunday degan ekan: “Biz zohiriy kasalliklarni davolash yo’llarini yozib qo’ydik. Bizdan keyingilar botiniy illatlarga shifo topadi, deb umid qilamiz”.

Bugun ko’pchilik bor e’tiborini moddiy-tibbiy muolajalarga qaratgan. Aslida birinchi galda qalbni davolash kerak. Qalbimiz illatlardan aziyat cheksa, ruhimiz nosog’lom bo’lsa, ming dori ichgan bilan biz kutganchalik foydasi bo’lmaydi. Shuning uchun har qanday muolaja ruhiy tarbiyadan boshlansa, mukammal shifo topiladi, chora-tadbirlar samara beradi.

©Baxtli hayoti sari kitobidan

Sizga yoqishi mumkin

LiveBooks.uz kitoblar dunyosi. Elektron (apk, pdf, mp3) kitoblar olami.

Baxtning bahosi qancha?

Har kim baxtni turlicha talqin qiladi. Kimdir: “Cho’ntagingda puling, yoningda oshna- og’aynilaring bo’lsa, g’am-tashvish chekmay …

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *