O'qishingiz kerak
Bosh sahifa / Hayotiy / Har oning baxtdir

Har oning baxtdir

Qachon toleyim kularkin? Bu savol barchamizda bo’lishi tabiiy. Savol shu darajada miyamizda o’rnashib qolganki, o’zimizni ovutishga tushamiz: “Turmush qurib olay, baxt qushi boshimga qo’nadi”, “Yangi mashina garajimda tursa, o’zimni ancha hotirjam his qilaman”, “Ta’tilga chiqib, bir dam olsam, hammasi iziga tushib ketadi…”

Bunday so’zlarni aytishga sabab baxt sari aniq bir yo’lning mavjud emasligidir. Eng yaxshisi – hozirgi onlar qadriga etish.

Donishmandlardan biri aytadi: “Haqiqiy hayot kechirish yo’lini ancha izladim. Lekin har safar yo’limda qandaydir to’siqlar, avval erishilishi lozim maqsadlar, chala qolib ketgan ishlar, to’lanishi kerak qarzlarim bo’lardi. Keyin hayot davom etardi. Men anglab etdimki, aynan mana shular mening hayotim ekan”.

Shuning uchun ixtiyorimizdagi vaqt qadriga yetaylik. Bir narsa aniq: vaqt hech kimni kutib turmaydi!
Katta bo’lsam;
Maktabni bitirsam;
Ishga kirsam;
Farzandli bo’lsam;
Yoz kelsa;
Yil o’tsa;
Uyimni ta’mirlab olsam;
Nafaqaga chiqsam;
Kasallikdan qutulsam…

Bilasizmi, bu ro’yxatni yana qancha davom ettirish mumkin? Yaxshisi, kelgusi onlarni kutmasdan, nafas olib turganimiz ayni damlarni baxtli lahzalar deb o’tkazaylik.

© Baxtli hayot sari

 

 

 

 

 

Sizga yoqishi mumkin

LiveBooks.uz kitoblar dunyosi. Elektron (apk, pdf, mp3) kitoblar olami.

Mukammal shifo nimada?

Hozirgi kunda kasalliklar turi judayam ko’p, avval ma’lum bo’lmagan, ajdodlarimiz nominiyam bilmagan yangi illatlar paydo …

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *