O'qishingiz kerak
Bosh sahifa / Hayotiy / Baxtning bahosi qancha?

Baxtning bahosi qancha?

Har kim baxtni turlicha talqin qiladi. Kimdir: “Cho’ntagingda puling, yoningda oshna- og’aynilaring bo’lsa, g’am-tashvish chekmay mazza qilib yashaysan”, deyishi mumkin. Biroq, boshga tushgan har qanday muammoni pul bilan, tanish-bilish bilan hal etib bo’lmasligi kunday ravshan.

Boylik, hashamatli uy-joyga ega bo’lish, tanish-bilish orttirish, odamlar hurmatini qozonish – ko’pchilikning orzusi. Shularga erishdingiz ham deylik. Ammo mol-davlat, obro’-e’tibor bilan baxtni sotib olsa bo’ladimi? Sihhat-salomatlikni yoki tinchlik-xotirjamlikni-chi? Cho’ntagingizdan pul chiqarib, xohlagan vaqtingizda istagancha sotib olish iloji bormi bunday ne’matlarni?
Baxtning bozori qaerda? Qaysi do’konda xotirjamlik ne’mati sotiladi? Uning bahosi qancha?

Dunyoda shunday narsalar bor, ularni pulga sotib olib bo’lmaydi. Tinchlik-xotirjamlik, salomatlik, osoyishtalik mana shunday ne’matlar sirasiga kiradi. Bahosi yo’q mazkur ne’matlarni birovga pul berib, yalinib-yolvorib ham topolmaysiz. Ularni bizga Yaratgan Zot beradi.

Baxt-saodat asosi – imon-e’tiqod, mehr-oqibat, sadoqat, qalb pokligi, tinchlik-xotirjamlik, sog’lik-salomatlik. Lekin hammayam baxtni shular bilan o’lchayvermaydi. Kimdir boylikni, yana kimdir obro’-e’tiborni, dabdabali hayotni, shohona turmush tarzini baxt deb biladi. Ammo, o’sha badavlat odamlar ichida o’zini baxtsiz his qiladiganlar etarlicha topilishini o’ylab ham ko’rmaydi.

Ishlari joyida bo’lsayam, ba’zida odam negadir o’zini baxtsiz his qiladi, hayotidan hech ko’ngli to’lmaydi. Chunki ko’ngilda dard bo’lsa, inson to’kis baxtli bo’lolmaydi. Baxt-saodatga erishishda ma’naviy-ruhiy omillar o’rni katta.

Qo’lingizdagi kitobda baxtli bo’lish sirlari, qalb xotirjamligi, oilaviy totuvlik, sog’liqni saqlash haqida to’xtalib o’tiladi. Siz azizlar bilan hayot mohiyati, baxt-saodat mezonlari, sog’lom turmush tarzi haqida yaqindan suhbatlashish niyatidamiz.

©Baxtli hayoti sari kitobidan

Sizga yoqishi mumkin

LiveBooks.uz kitoblar dunyosi. Elektron (apk, pdf, mp3) kitoblar olami.

Yashashdan maqsad nima?

Tiriklik mohiyati nima? Inson bu foniy dunyoga nega keladi-yu, nega ketadi? degan savol hayoliga kelmagan …

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *